9 Aprel 2024 Yil 1207

Olmazor tumani 3-sektor tomonidan yoshlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Joriy yilning 29-fevral kuni “Yoshlar ijodiyoti” saroyida Bosh boshqarma boshlig‘i raisligida “2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan  yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Majlis davomida berilgan ko‘rsatmalarga asosan Olmazor tumani “Namuna” mahallasida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yoshlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlardan iborat masʼullar belgilandi. Masalan,  mahalla hududidagi ko‘chalar taqsimlanganda “Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalaridagi 58 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi yoshlari Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik D.M.Ergashevga biriktirildi. 

O‘tkazilgan xatlov natijasida ushbu ko‘chalarda 154 nafar yoshlar istiqomat qilishi maʼlum bo‘ldi, ular 7 toifaga ajratildi. Unga ko‘ra 3 nafar og‘ir toifadagi, 1 nafar ishsiz va qolganlari yashil toifada bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi.

“Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalari yoshlar bilan manzilli ishlash maqsadida ular istiqomat qiladigan xonadonlar bo‘yicha uyma-uy yurilib, tushuntirish ishlari olib borildi. D.M.Ergashevning tashrif qog‘ozlari tarqatildi. Shu bilan birga, telegram ijtimoiy tarmog‘ida yoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularni qiziqtirayotgan savollariga javob berish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida  anhorchuvalachiyoshlari guruhi tashkil etildi.

Bundan tashqari, bir necha marotaba “Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalari yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida, bugungi kunda taʼlim olish, sog‘liqni tiklash va boshqa masalalarda kamchiliklari yoshlarning ro‘yxati shakllantirildi. 

Shu bilan birga,  O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “VAQF” xayriya jamoat fondi tomonidan “Namuna” MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shu bilan birga “Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi xorijiy tillarni o‘rganish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantirildi. Ular uchun Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, shuningdek, mahalladagi sportga qiziquvchi yoshlar uchun, xususan, sportning futbol va voleybol turlari bo‘yicha murabbiylarini jalb qilgan holda mahalladagi

22-son umumtaʼlim maktabi sport maydonida mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.



Barcha yangiliklar

Text to speech