Yunusobod tumani yoshlari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogi” musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Qizg‘in va murosaasiz o‘tgan sport musobaqasida 16-21 yoshli o‘g‘il bolalar jamoasidan quyidagi mahallalar g‘olib bo‘ldi: 1-o‘rin “Nurmakon” mahallasi; 2-o‘rin “Otchopar-2” mahallasi; 3-o‘rin “Adolat” mahallasi.
16-21 yoshli qizlar jamoasi o‘rtasida: 1-o‘rin “Nurmakon” mahallasi; 2-o‘rin “Otchopar-2” mahallasi; 3-o‘rin “Adolat” mahallasi.
22-30 yoshli erkaklar jamoasidan “Mingchinor” mahallasi, ayollar jamoasidan esa “Qashqar” mahallasi jamoalari mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Tadbir yakunida g‘oliblarda diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi hamda keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmalar berildi.