12 Oktyabr 2024 Yil 1328

Oylik doirasida Yunusobod tumanida olib borilgan targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida

Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tashabbusi bilan "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish" oyligi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalar turar joyida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda talaba yoshlar, o‘qituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.


Uchrashuvda tuman IIO FMB masʼul xodimlari so‘zga chiqib, yoshlar orasida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalarni isteʼmol qilish ko‘payayotgani natijasida og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilayotganini qayd etishdi.


Tadbir yakunida giyohvandlikning og‘ir oqibatlarini o‘zida aks ettirgan «Asr vabosi» nomli videorolik namoyish etildi.


Xuddi shunday targ‘ibot tadbiri Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Bank ishi fakultetida tashkil etildi.


Uchrashuvda mazkur giyohvandlikka qarshi kurashishni umummilliy harakatga aylantirish, bu borada huquqiy targ‘ibot tadbirlarining taʼsirchanligini yana-da oshirish, ushbu jinoyatga qo‘l urgan shaxslarga esa, jazo muqarrarligini qatʼiy taʼminlash lozimligi qayd etildi.


Oylik doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ham Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB masʼul xodimlari uchrashuv o‘tkazdi.


Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlar uchun mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan tushunchalar hamda tavsiyalar berilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Qolaversa talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.


Bu kabi tadbirlar poytaxtning barcha tumanlarida o‘tkazilib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech