14 Fevral 2024 Yil 1264

Oilalarda zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan yangi loyiha

Toshkent shahar IIBB Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan birga “Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!” shiori ostida turkum loyiha va tadbirlar o‘tkazmoqda. Mazkur tadbirlar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan.

Kuni kecha xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar markazida yangi loyihaga start berildi. Unda shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi masʼul xodimlari, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Toshkent shahar ishlar bosh boshqarmasi, Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi masʼullari hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar va oila aʼzolari ishtirok etdi.

Tashkilotchilarning taʼkidlashiga, mazkur loyiha tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama yordam ko‘rsatishdan iborat. Shu bilan birga, oila aʼzolariga psixologik, tibbiy, huquqiy maslahatlar beriladi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlarga ham huquqiy tushuntirishlar beriladi. bundan tashqari, loyiha davomida zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni tuzatish dasturidan o‘tkazish, ularning xulq-atvorini o‘zgartirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Tadbirdan davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi hamda sayyor qabul tashkillashtirildi.



Barcha yangiliklar

Text to speech