8 Sentyabr 2023 Yil 2650

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabuli Yangihayot tumanida bo‘lib o‘tdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.

Shu munosabat bilan, kuni kecha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov Yangihayot tumanida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi, unda 70 ga yaqin fuqarolarning muammolari tinglandi. Qabul jarayonida tuman hokimligi, prokurori, IIO FMB, soliq bo‘limi boshliqlari va boshqa mutasaddi rahbarlar ham ishtirok etdi.

Qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati to‘liq va xolisona o‘rganilib, 55 ta murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan 12 ta murojaatlar alohida nazoratga olindi. Qabul davomida 5 nafar murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jumladan, fuqarolar murojaatlarining 15 tasi tibbiy xizmat ko‘rsatish, 14 tasi moddiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishida bo‘lgan.

1 nafar fuqaro otasi nogiron bo‘lganligi sababli otasiga nogironlik aravachasini olib berishda amaliy yordam berishni so‘ragan, qabul jarayonining o‘zida ushbu aravacha fuqaroga topshirildi.

3 nafar probatsiya hisobida turgan fuqarolar ularga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarganligini maʼlum qilib, jazodan muddatidan oldin ozod qilishni so‘rab murojaat qildi. Ularning murojaati asosida shu joyning o‘zida sayyor sud tashkillashtirildi va ushbu shaxslarning murojaati ijobiy hal etildi.

Shu bilan birga murojaatlarning 12 tasi tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlar yuzasidan bo‘lgan bo‘lsa,13 tasi bevosita ichki ishlar organlariga doir masalalar yuzasidan bo‘ldi.

Uchrashuv davomida 6 nafar yoshlarga o‘zini o‘zi band qilishi uchun “Noutbuk”, 3 nafar fuqaroga motokultivator, tikuv mashinasi, overlok va oshxona jihozlari topshirilgan, 2 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi xizmat badali uchun pullar ajratilganligi haqida sertifikatlar va 3 nafar yoshlarga oliy o‘quv yurti kontraktini to‘lash uchun subsidiya ajratilganligi haqida sertifikatlar topshirildi.

Bu kabi uchrashuvlar shaharning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech