Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini samaradorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 25 noyabr (seshanba) kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan shaxsiy qabul o‘tkaziladi.
Qabulda tergov ishlari, ekspert-kriminalistika faoliyati, huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlari, shuningdek, migratsiya va personallashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqiladi.
Qabul IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida, soat 10:00 dan boshlab o‘tkaziladi.