2 Oktyabr 2025 Yil 607

E’lon

🚧 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Sergeli tumanida, Qumariq ko‘chasida diametri 325 mm bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtirilmoqda.
👷‍♂️ Ishlar pudrat tashkiloti tomonidan 2025 yil 15 oktyabrga qadar yo‘l qismi yopilgan holda amalga oshiriladi.
Ishlar davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari hamda yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta’minlanadi.

Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va vaziyatni tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech