Xizmat zarurati tufayli joriy yilning 7 avgust (payshanba) kuni jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda probatsiya xizmati faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar va xodimlar murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayevning shaxsiy qabuli 8 avgust (juma) kuniga qoldirildi.
Fuqarolarni navbatda kutib qolishini oldini olish va ularning murojaatlarini sifatli qabul qilish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan (Toshkent viloyatidan tashqari) kelgan fuqarolar uchun soat 10:00dan 14:00 ga qadar, Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan kelgan fuqarolar uchun 14:00 dan keyin IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida o‘tkaziladi.
Manzil: Taras Shevchenko ko‘chasi, 62.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘raymiz.