27 Dekabr 2023 Yil 3372

Chilonzor tumani IIO FMB probatsiya xizmati faoliyati haqida

Chilonzor tumani IIO FMB da probatsiya xizmati tashabbusi bilan sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudyalari hamda 90 nafardan ziyod probatsiya hisobidagi shaxslar, Chilonzor tumani IIO FMB probatsiya bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur o‘tkazilgan sayyor sud majlisida probatsiya xizmati tartib-qoidalariga to‘liq amal qilib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, yashash va ish joyidan ijobiy tavsiflangan, shuningdek, sud tomonidan tayinlangan jazoning tegishli qismini o‘tab bo‘lgan 12 nafar mahkumlarning o‘talmay qolgan jazosidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Probatsiya guruhida hisobda turgan fuqarolar bilan jazoni o‘tash qoidalariga, belgilangan talab va cheklovlarga rioya qilmaslikning huquqiy oqibatlari haqida profilaktik suhbat o‘tkazildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech