Tuman IIO FMB rahbari, polkovnik Mahkam Vafoyevning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi tumanda joylashgan 246-o‘rta maktab binosida o‘tkazildi.Unda yoshlarning bugungi kundagi muammolari, qiziqishlari, ta’lim olishi, ish bilan bandligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama etildi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Suhbat chog‘ida M.Vafoyev yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunga itoatkorlik va jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va turli salbiy illatlardan yiroq bo‘lishlari muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, suhbat chog‘ida ayrim yoshlarga fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu kabi yoshlarning vakolatli rahbarlar bilan ochiq muloqotlari ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilish bilan birga qonun ustuvorligiga ishonchini mustahkamlaydi.