Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan Sharof Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi
Yunusobod tumani IIO FMB tashabbusi bilan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi. “Yangilanayotgan O‘zbekistonda, inson aziz xotira muqaddas” shiori ostida o‘tkazilgan kecha Sharof Rashidovning “byusti” o‘rnatilgan xiyobonda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman IIO FMB boshlig‘i polkovnik Abdumajid Shermuxamedov va IIO xodimlari, Ichki ishlar vazirligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari, IIV Akademiyasi kursantlari, Jamoat xavfsizligi universiteti tinglovchilari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Xotira kechasida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston tarixini milliy ruh bilan yaratishda tarixda yorqin izini qoldirgan buyuk shaxslarning hayot faoliyatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Chunki ularning tarixi yoshlarimizga ibrat bo‘ladi. Yaqin tariximizda ibrat bo‘ladigan shaxslardan biri - qariyb chorak asr davomida O‘zbekistonni boshqargan buyuk davlat arbobi va taniqli yozuvchi Sharof Rashidov ana shunday tarixiy shaxslardan ekanligi taʼkidlab o‘tildi.