17 Iyun 2025 Yil 364

“Nurmakon” mahalla yoshlari birinchi o‘rinda

Sport yurtimiz miqyosida tobora ommalashib bormoqda. Uning vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aholining sport bilan shug‘ullanishiga rag‘batini kuchaytirmoqda. Sportning voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB kuboklari o‘tkazilishi ana shu xayrli ishlardan darak. Kuni kecha Yunusobod tumanida Toshkent shahar IIBB kubogining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlanib, ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tuman hokimligi, Yoshlar bo‘limi, Sport maktabi, Oliy ta’lim muassasa rahbariyatlari taklif etildi. Tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari G‘ayrat Toshbekov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yoshlar jamoasini zafar bilan tabriklab, shahar bosqichidagi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli qatnashishlari, tuman sha’nini munosib himoya qilishlarida omad tiladi. 16-21 yosh toifasida bellashishgan o‘g‘il va qiz bolalar jamoasi o‘yinlari natijalariga ko‘ra: 3- o‘rin “Adolat” MFY; 2-o‘rin “Otchopar-2” MFY va 1-o‘rin “Nurmakon” MFY jamoalariga nasib etdi. G‘olib jamoalar shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech