31 Oktyabr 2025 Yil 334

Yashnobod tumanida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Yashnobod tumanidagi “AJOU” universiteti majlislar zalida tuman hokimligi va IIO FMB rahbariyati ishtirokida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.

Muhokama davomida 2025 yil 26 oktyabr kuni “Hosiyatli” mahallasida sodir etilgan, ikki fuqaro o‘rtasida mast holdagi mojaro oqibatida og‘ir tan jarohati yetkazish holati ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda mahalla yettiligining faoliyati tanqidiy baholandi va bunday huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunlarida Probatsiya nazoratidagi shaxslar va muqaddam sudlanganlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, qonunchilikdagi yangiliklar, ijtimoiy moslashuv va bandlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech