23 Mart 2026 Yil 153

Yashnobod tumanida mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida istiqomat qilib kelayotgan foydali mehnat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda tuman IIO FMB probatsiya bo‘limi hamda profilaktika hisobida turuvchi, mehnat migratsiyasidan qaytgan va mehnat bozoriga ilk kirib kelayotgan bilim dargohlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda tumanda joylashgan 25 ta yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 650dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 150dan ziyod ishsiz bo‘lgan tuman fuqarolari, 45 nafar probatsiya va profilaktika hisobida turuvchi shaxslar qatnashgan tadbirda 25 nafar fuqarolar korxonalarga,12 nafari  turli tashkilotlarga tanlagan ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi. 18 nafari tanlagan kasblarini puxta egallashlari uchun kasb-hunar o‘quv markazlariga yo‘naltirildi.  Ta’kidlash joizki, mazkur mehnat yarmarkasida  poytaxtimizning Bektemir, Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlarining  foydali mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolari ham qatnashdilar. Mazkur ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning foydali mehnatga jalb  qilish orqali oilaviy farovonligini oshirishga ko‘maklashish, ijtimoiy mavqei, jamiyat hayotida faolligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida amalga oshirilishi  belgilangan.

Barcha yangiliklar

Text to speech