Yashnobod tumanida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi 163-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yashnobod tumanidagi umumta’lim maktablarida ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish orqali salbiy illatlarga qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda oila, mahalla va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, har bir o‘quvchiga individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish, ularning qiziqish va ehtiyojlariga mos shart-sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida hamkorlik bo‘yicha kompleks ishlar rejasi ishlab chiqilib, joriy yilning noyabr oyidan boshlab uni bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilandi.