1 Avgust 2025 Yil 459

Yangihayot tumanida yo‘llar holati o‘rganildi

Respublikamiz yo‘llarida transport vositalarining oqimi kun sayin ko‘payib bormoqda. Shu bilan birga yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yirik shaharlar, ayniqsa poytaxtimiz yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining, tirbandliklarning oldini olish, samarali avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning 9 iyulida Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash, tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari muhokama qilinib, qator tadbirlar belgilanib, zaruriy amaliy topshiriqlar berilgandi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Yangihayot tumani IIO FMB sohaviy xizmat mas’ullari va mutasaddilar ishtirokida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanda mavjud 284 ta asosiy va qo‘shimcha ko‘chalar, katta va kichik halqa yo‘llarining holati, yo‘l belgilari, yshl chiziqlarining sifati va harakat oqimini joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.Birinchi navbatda tumanda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari o‘choqlariga e’tibor qaratilib, ko‘ngilsiz voqealarni keltirib chiqargan sabablar tahlil qilindi. Yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, avtohalokatlar ehtimolini kamaytirish maqsadida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda" tamoyili asosida chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar poytaxt ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining, tig‘iz paytlarda tirbandliklarning oldini olish, haydovchi va piyodalarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech