7 Fevral 2026 Yil 376

Yangihayot tumani IIO FMB binosida tuman hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman prokuraturasi vakillari, huquq-tartibot organlari va mas’ul tashkilot xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda Yangihayot tumanning kriminogen vaziyatini barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan manzilli chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”dagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Xususan, tuman hududida kriminogen vaziyatini barqarorlashtirish hamda xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tarkibini tasdiqlash, xavfsizlikni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Mening inspektorim” va “Raqamli xavfsiz maktab” platformalarini keng joriy etish, ta’lim muassasalarida videokuzatuv tizimi hamda qorovullik xizmati malakasini oshirish orqali o‘quvchilar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga chek qo‘yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda 24/7 rejimida ishlovchi turistik ko‘chalar, bozorlar va aholi gavjum maskanlarda jamoat tartibini saqlash, xonadon va tadbirkorlik obyektlarini texnik qo‘riqlovga olish ishlarini jadallashtirish, yoshlar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, uyushgan jinoyatchilik, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaviy omillarni raqamlashtirish orqali bartaraf etish hamda kriminogen elementlar faoliyatiga butkul barham berish va boshqa asosiy yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi va mas’ullarga qator topshiriqlar berildi.

© Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Barcha yangiliklar

Text to speech