9 Fevral 2026 Yil 395

Yangihayot mahallalarida sayyor qabullar o‘tkazildi

Yangihayot tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Sarvar Jo‘rayev tumanda joylashgan “Fayzli” hamda “Al-Farg‘oniy” mahallalarida navbatdagi sayyor qabullarni o‘tkazdi. Qabullar davomida mazkur mahallalarda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etish, fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Aholi murojaatlarini o‘rganish chog‘ida ayrim keltirilgan dalillarni puxta o‘rganish, huquqiy baho berish yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, uchrashuv davomida Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman mahallalarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini tashkillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan manzilli chora-tadbirlar, mahalla “yettiligi” tomonidan “yo‘l xaritasi” doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Shuningdek, mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan “mahalla yettiligi” vakillariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech