7 May 2025 Yil 597

Yangihayot tumanidagi tadbirlar

Mahallalarning tinchligi, ularda istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillarining o‘zaro totuvligi jamiyatning, qolaversa, yurtimizning tinchlik-osoyishtaligi, barqarorligi garovidir. Bu borada ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi idoralar masʼullari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, yettiligi, faollari va ahli hamkorligida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning yanvarida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan qaroriga ko‘ra ishlar yana-da jadallashtirildi. Qarorning ijrosini taʼminlash bo‘yicha poytaxt Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tumandagi “Tashabbus” mahallasida 30 ta xonadon o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida ishlash talabida bo‘lgan 3 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 3 nafarining o‘z-o‘zini band qilish orqali bandligi taʼminlandi, 6 nafari bilan murojaatlari bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida huquqiy tavsiyalar berildi. Xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 2 nafar shaxs subsidiya asosida kerakli ish jihozlari bilan taʼminlandi. Respublika Qurolli kuchlarida xizmat o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan 1 nafar yoshning murojaati ijobiy hal qilindi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, bemaqsad yurishlarining oldini olish borasida bir guruh yoshlar besh tashabbus olimpiadasiga jalb etildi. Shuningdek, 60 dan ortiq mahalla ayollari qatnashgan tadbirda malakali mutaxassislar OITS hamda reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha maʼruzalar qilishdi.

Shu kabi tadbir tumanning “Yangi umid” mahallasida ham o‘tkazilishi natijasida 35 ta xonadon o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida ishsiz bo‘lgan 2 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 12 nafarining bandligi taʼminlandi, 9 nafari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning 2 nafariga kasb-hunar egallashi uchun yo‘llanmalar berildi, shuningdek, bir guruh yoshlar besh tashabbus olimpiadasiga jalb etildi. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 4 nafar shaxslar uchun 40 million so‘m kredit ajratildi. Bu ishlarning davomi sifatida mazkur mahallalar hududlariga 41 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilib, ular Bosh boshqarmaga integratsiya qilindi. Notinch oilalar, yolg‘iz yashovchi va imkoniyatlari cheklangan shaxslar istiqomat qiluvchi xususiy hamda 7 ta ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga 12 ta “tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Mahallalarni o‘rganish, hududlarda xavfsiz muhitni yaratish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalalari yechimini birgalikda hal qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech