27 Mart 2026 Yil 129

Yangi avtomashinalar yurt tinchligi xizmatida

Yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, respublikamiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish barobarida inson qadr-qimmatini ulug‘lash, haq-huquqlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini yaratishga qaratilgan jarayonlar davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Xususan, xalqimiz tinchligi va xavfsizligini saqlashga eng muhim vazifalardan biri sifatida qaralib, ichki ishlar organlari – xalqimizning yaqin himoyachisi bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Shu maqsadda Yurtboshimiz tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, xizmatni ilg‘or zamonaviy texnik, transport vositalari bilan jihozlash, yetuk ma’naviy kadrlar bilan jamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Ichki ishlar vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida keng ko‘lamli ishlar olib borilib, sohaviy xizmatlar moddiy-texnik jihatdan tobora takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, bevosita shahar aholisi hamda mehmonlari ko‘z o‘ngida kechayu kunduz xizmat olib boruvchi sohalarda o‘zgarishlarning amalga oshirilishi xizmat samaradorligini oshiribgina qolmay, fuqarolarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, faxr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Poytaxtimizning Shayxontohur tumani IIO FMB patrul-post xizmati inspektorlariga 14 dona Chevrolet Cobalt rusumli maxsus jihozlangan xizmat avtomobillari topshirilgani bu fikrimizga yaqqol misoldir. Tuman hokimi, prokurori, IIO FMB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda, mazkur avtomashinalar xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.
Bu avtomashinalar xizmat samaradorligini oshirishga, har bir salbiy holatlarga o‘z vaqtida, tezkorlik bilan yetib borib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech