Ichki ishlar organlarida xodimlarning kasbiga bo‘lgan ijobiy yondashuvini shakllantirish, mahoratlarini oshirib borishga rag‘bat, sohaviy xodimlar o‘rtasida ijobiy raqobatni tarbiyalash, bilim va ko‘nikmalarini oshirishga intilishini kuchaytirish maqsadida davriy ravishda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Shunday an’analarning navbatdagisi poytaxt IIBB hududiy tuzilmalarida xizmat olib borayotgan 12 nafar psixolog xodimlar o‘rtasida o‘tkazildi. “Eng yaxshi psixolog”ni aniqlash ko‘rik-tanlovida ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari, targ‘ibot-tashviqot ishlari, trening, seminar, konferensiya va boshqa ilmiy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki, psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qog‘ozi videoroligi, sohani rivojlantirishga qaratilgan g‘oya va uni amaliyotga joriy etish istiqbollari, bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar tajribali hakamlar tomonidan diqqat bilan o‘rganilib, baholanib borildi.
To‘plangan umumballar natijasiga ko‘ra: 1-o‘rin Yakkasaroy tumani IIO FMB psixolog ta’minlash guruhi katta psixologi, kapitan Sayyora Kadirovaga, 2-o‘rin Bosh boshqarma Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi psixolog ta’minlash guruhi katta psixologi, leytenant Botirjon O‘tkurovga, 3-o‘rin Bosh boshqarma Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX brigadasi kadrlar guruhi katta psixologi, kapitan Raneta Ziyayevalarga nasib bo‘ldi. G‘oliblar Bosh boshqarma boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. G‘oliblarni g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.