2 Avgust 2025 Yil 329

Navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi

Xalqimizning, har bir fuqaroning manfaatlarini himoya qilish, qonuniy kafolatlarini taʼminlash fuqarolik jamiyatini yaratishning poydevoridir. Keyingi yillarda yurtimizda har bir soha va yo‘nalishda fuqarolarning qonuniy talablarini o‘rganish, haq-huquqlarini taʼminlashga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani quvonarli. Ko‘plab yurtdoshlarimiz oylab yechimini izlayotgan muammolar, o‘ylantirayotgan savollari xalq qabulxonalari, rahbarlarning shaxsiy qabullarida tinglanib, qonuniy hal etilmoqda. Poytaxt IIBB boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayevning navbatdagi shaxsiy qabuli bugun IIBB binosida o‘tkazildi.

Qabul jarayonida turli masalalarda jami 42 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, ularning 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, 15 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab etadigan 20 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Bu kabi qabullar aholi va davlat organlari o‘rtasida ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni kechiktirmasdan hal etishda muhim qadam hisoblanadi. Ushbu tadbirlar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech