7 Fevral 2026 Yil 265

Navbatdagi sayyor qabul Olmazor tumanida bo‘lib o‘tdi

Tumanlarda sayyor qabullarning tashkil etilishi fuqarolar uchun katta qulayliklar yaratish barobarida aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan Innovatsiya markazi binosida Toshkent shahar IIBB rahbariyati, shahar prokurori birinchi o‘rinbosari Anvar Urmanov va tuman hokimligi mutasaddilarining aholi bilan o‘tkazgan sayyor qabuli ana shu ustuvor vazifa ijrosining uzviy davomidir. Qabul poytaxt aholisini o‘ylantirib kelayotgan muammolariga yechim topishga qaratildi. Ochiq muloqot chog‘ida aholining murojaatlari va savollari tinglandi hamda ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, 4 nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligini olish iltimoslari qanoatlantirilganligi sababli, ularga tantanali ravishda ID kartalar topshirildi. Shuningdek, poytaxtimizning Olmazor tumani IIO FMB Probatsiya xizmati hisobida turgan jami 5 nafar fuqarolar Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Bu kabi qabullar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech