22 Iyun 2023 Yil 1509

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida navbatdagi o‘quv kurslari tashkil etildi

Davlatimiz rahbari rahnamoligida yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, ularning kamol topishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, navqiron avlod muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari ham maqsadli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi negizida ichki ishlar bo‘limida ro‘yxatga olingan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun navbatdagi o‘quv kurslari tashkil etildi.

Oylik o‘quv kurslari o‘smirlarga ham, ularning ota-onalariga ham psixologik yordam ko‘rsatish, yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali tashkil etishga qaratilgan. Markaz mutaxassislari manfaatdor idoralar va ko‘ngillilar bilan birgalikda turli xil darslar, ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari tashkil etishib, kasbga yo‘naltirish ishlarini olib bormoqdalar.

O‘quv kurslari boshlanishidan avval o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda yig‘ilganlarga maxsus oylik davomida sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, bellashuvlar, madaniy tadbirlar o‘tkazilishi haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, bolalar bilan bir qatorda o‘smirlarning ota-onalari bilan ham psixologik-profilaktika ishlari olib borilshi ko’zda tutilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech