5 May 2025 Yil 722

Navbatdagi qabul natijalari

Toshkent shahar IIBB binosida Bosh boshqarma boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayevning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 31 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlarning 3 tasi o‘rganish davomida shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlarda keltirilgan vajlar bo‘yicha qonuniy yakuniy xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan 24 ta murojaatning ijro muddati belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati: surishtiruv va tergov harakatlari, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish va qayta tiklash, xodimning xizmat faoliyatiga yuzasidan, pasport tizimi bilan bog‘liq, mol-mulkni undirib berish kabi masalalar ko‘tarilgan murojaatlar ham ko‘rib chiqildi. Fuqarolar N.Nurmuhamedov, V.Lutoshin, B.Korotayevlarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish borasidagi murojaatlari ijobiy hal qilinib, ularga fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Mazkur fuqarolar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganligidan baxtiyor ekanligini mamnuniyat bilan qayd etishib, minnatdorlik bildirishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech