20 Fevral 2023 Yil 1279

Chilonzor tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan belgilangan jadval asosida fuqarolarni sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Kuni-kecha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor A.Tashpulatov Chilonzor tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Tadbir davomida 45 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda asosan sog‘liqni saqlash, bandlik, uy-joy, moddiy yordam, imtiyozli kreditlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
18 ta ariza va murojaatlar joyida hal etildi, 16 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berildi, ko‘rib chiqish zarur bo‘lgan 10 ta arizaning ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Murojaatchilardan biri muammosi ijobiy hal etilganidan minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan Sayyor qabullar tizimi, birinchi navbatda, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yanada yaxshilash, aholi ehtiyojini qondirishga qaratilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech