17 Fevral 2026 Yil 338

Namunaviy amaliyot mashg‘ulotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi topshirig‘iga muvofiq Andijon viloyati prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash bo‘yicha namunaviy amaliyot mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Namunaviy amaliyotni o‘rganish mashg‘ulotlarini samarali tashkil yetish maqsadida respublika davlat boshqaruv va huquq tartibot organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarining rahbar xodimlari, boy amaliy tajriba va yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar hamda mutaxassislar, shuningdek, Vazirlikning tegishli sohaviy xizmat xodimlari jalb etildi.

Ishtirokchilar dastlab Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan Situatsion markazi faoliyatini tanishishdi hamda “Mening inspektorim” mobil ilovasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyati bilan tanishish ham ayniqsa qiziqarli o‘tdi.

Chilonzor tumanida tashkil etilgan Idoralararo tezkor shtabining tahlil, boshqarish va nazorat qilish tizimi mashg‘ulot qatnashchilaridan katta qiziqish va taassurot uyg‘otdi. Tumanda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan 3 bosqichli xizmatni o‘tash tartibi, shuningdek, “Botirma” mahallasida yoshlar, ayollar, ishsizlikning oldini olishni ijtimoiy profilaktika tizimi mexanizmlari bilan tanishuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi “Classic bulding” boshqaruv servis kompaniyasi hamda Chilonzor tumani IIOFMB tungi xizmati faoliyati doirasida “Magic city” istirohat bog‘ida jamoat tartibini saqlash tajribalari o‘rganildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech