24 Mart 2026 Yil 124

Namunali ishlayotgan xodimlar rag‘batlantirildi

Tinch va osoyishta yurtga bayramlar yarashadi. “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida poytaxt IIBB sohaviy xizmatlarida sidqidildan xizmat vazifalarini bajarib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar mukofotlandi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev tomonidan o‘tkazilgan tadbirda YHXB, PPX hamda profilaktika inspektorlarining fidoyi xizmatlari navbatdan tashqari unvonlar, pul mukofotlari, tashakkurnomalar bilan e’tirof etildi.
Shunday tadbir poytaxtimizning Sergeli tumanida ham tashkil etildi. Tuman IIO FMB shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi, prokurori hamda tuman IIO FMB rahbariyati qatnashdi. Unda so‘zga chiqqanlar shaxsiy tarkibni bayram bilan muborakbod etib, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan xodimlarga Damas va Cobalt xizmat avtomashinalari xizmatda foydalanish uchun topshirildi.
Bu kabi tadbirlar IIO xodimlarining yanada shijoat bilan ishlashiga, yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida namunali xizmat qilishiga undashi shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech