27 Sentyabr 2023 Yil 449

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i bir guruh soha fidoyilarini taqdirladi

El-yurt osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida qilingan fidoyi xizmat hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. Toshkent shahar IIBB rahbariyati poytaxt hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etishda faollik ko‘rsatayotgan, yutuq va muvaffaqiyatlarga erishayotgan xodimlarni muntazam rag‘batlantirib kelmoqda. Kuni kecha o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda jinoyatlarni “Mahallabay” jilovlash borasidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, jamoat xavfsizligi hamda tezkor vaziyat barqarorligini ta’minlashda yuksak kasb mahoratini namoyon etib kelayotgan ichki ishlar, Milliy gvardiya, FVV xodimlari bosh boshqarma boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, bosh prokuror o‘rinbosari, shahar prokurori ishtirok etib, mukofotlanganlarga kelgusidagi xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shu bilan birga, hududlarda tezkor kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash va jinoyatchilikni jilovlashda faollik ko‘rsatib kelayotgan har bir xodim qilayotgan halol xizmatiga yarasha munosib rag‘batlantirib borilishi alohida ta’kidlandi.

Bunday e’tibor va e’tirofga munosib ravishda xodimlar xalqimizni bugungi kunidan rozi qilish va osoyishtalikni asrash yo‘lida tunu kun xushyor bo'lib, xizmatini davom ettirmoqda.  

Barcha yangiliklar

Text to speech