20 May 2024 Yil 2545

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Muzeylar – moziydan so‘zlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi vakili tarix fanlari doktori Alisher Ismoilov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, aynan muzeylar odamlarning madaniy, tarixiy, ilm-fan, xalq anʼanalari, turmush tarzi yodgorliklari, sanʼat asarlari bilan yaqindan tanishishga yordam berishini, muzeylar nafaqat tarbiyaviy ahamiyatga, balki yosh avlodni vatanparvarlik, buyuk ajdodlari bilan faxrlanish ruhida tarbiyalashga ham faol hissa qo‘shishini, shu bilan birga turli xil kolleksiyalarga ega ko‘plab muzeylarning mavjudligi O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech