13 Mart 2024 Yil 985

Musobaqaning final bosqichiga taklif etamiz

Sportning voleybol turi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogi poytaxtimiz mahallalaridagi iqtidorli yoshlarni kashf etishda muhim omil bo‘la oldi. 15 fevraldan start olgan bahslar tobora qizg‘in pallaga yaqinlashmoqda.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqaning yarim finalida o‘g‘il bolalar jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mirzo Ulug‘bek tumanining Al-Farobiy mahallasi va Yangihayot tumanining Fayzli mahallasi jamoalari final bosqichida 1 va 2-o‘rin uchun o‘zaro kurash olib boradi. 3-o‘rinni esa Yunusobod tumanining Nurmakon mahallasi egalladi.

Qizlar jamoasi o‘rtasida Sergeli tumanining Yangi Sergeli mahallasi va Bektemir tumanining Mirishkor mahallasi birinchilik uchun o‘zaro kurash olib borishadi. 3-o‘rinni Yashnobod tumanining Ahmad Yassaviy jamoasi qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rin uchun jamoaning har bir vakiliga 7 million so‘mdan, 2-o‘rin uchun 5 million so‘mdan, 3-o‘rin uchun 3 million so‘mdan pul mukofoti va diplom beriladi.

Musobaqaning final bosqichi рoytaxtimizning Yunusobod tumani Turg‘unboyev ko‘chasidagi “Yunusobod” sport majmuasida 14 mart kuni soat 13.00 da boshlanadi. Final bosqichi qizg‘in sport o‘yini va shou dasturlari bilan davom etadi, unda xalqimiz sevgan sanʼatkorlar o‘zlarining chiqishlari bilan jamoalar va muxlislarni xushnud etadi.

Barcha sport ixlosmandlarini, shuningdek mahalla vakillarini o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu final o‘yiniga taklif etamiz. Kirish mutlaqo bepul.

Barcha yangiliklar

Text to speech