23 Avgust 2024 Yil 1589

Musobaqa bir sabab

       Ichki ishlar idoralarida samarali mehnat qilib hurmat va ehtirom bilan nafaqaga chiqib, keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizni g‘ayrat-shijoat hanuz tark etmagan. Faxriylarimizning sharafli xizmati va hayotiy tajribalari bugungi yosh xodimlarimiz uchun hayot maktabi, ibrat namunasi bo‘lib kelmoqda. Poytaxt IIBB rahbariyati tomonidan faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, voqelikdan ajralib qolmasligini taʼminlash, salomatligini saqlash, foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Bosh boshqarma faxriylari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unga sportning bu turi bilan qiziquvchi barcha faxriylar taklif etildi.


       Har ikki tur bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faxriylar tegishli diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqa faxriylarimiz uchun zakovat bellashuvi bo‘libgina qolmay, ular musobaqa bahona – xizmat davrini xotirlash, uzoq ko‘rishmaganlar uchun yoqimli uchrashuv va samimiy suhbat qurish imkonini  berganidan behad mamnun bo‘lishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech