Toshkent shahar IIBB boshlig’ining “1-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi
Muhtaram ustozlar, murabbiylar!
Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi va o‘z nomimdan taʼlim-tarbiya sohasining jonkuyar va fidoyilarini, faxriylarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman. Ushbu qutlug‘ ayyomda Siz zahmatkash ustozlarga qalbimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni izhor etaman. Sizlar ajdodlarimiz misqollab yiqqan bebaho bilim xazinasini yosh avlodga, xalqimizga yetkazish yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz. Farzandlarimizni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarimizning munosib davomchilari, komil insonlar bo‘lib voyaga yetkazish, xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, Yangi O‘zbekistonning farovon va baxtli kelajagini yaratish yo‘lidagi saʼy-harakatlaringizni chuqur hurmat bilan eʼtirof etamiz. Berayotgan bilim, tarbiyanggiz va mahoratingiz yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yoyadigan, ilm-fan yuksak cho‘qqilarini zabt etadigan avlodlar yetishishida beqiyosdir. Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan muborakbod etish orqali Sizlarga mustahkam sog‘liq, saodatli umr, farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, zahmatli ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman!.
Hurmat bilan, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev