Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi binosida boshqarma boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayevning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda 50 nafar fuqarolardan 51 ta murojaat tushdi. Ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 5 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlarning mazmuniga ko‘ra unda keltirilgan muammo sabablarini chuqurroq o‘rganish uchun muddat talab etiladigan 42 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi. Xususan, fuqarolar yechim izlagan, murojaat qilishiga sabab bo‘lgan masalalar asosan: surishtiruv-tergov harakatlari, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, ichki ishlar organlariga xizmatga tiklash, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash, bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha qidiruv, pasport tizimi bilan bog‘liq masalalarni tashkil etgan. Olmazor tumanida yashovchi fuqaro SH.V. farzandi M.Sh.ning uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagani yuzasidan qizini topishda amaliy yordam so‘radi. Uning murojaati joyida tezkor o‘rganilib, choralar ko‘rilgach, farzandi Buxoro viloyatida ekanligi aniqlandi. Ayni paytda uni Toshkentga olib kelish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, fuqarolar V.Koltinov va R.Dishkinlarga ID kartalari rasmiylashtirib berildi. Fuqaro M.Podossinnikovaning arizasi asosda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tantanali ravishda topshirildi. Bosh boshqarma boshlig‘i qabulida murojaatlari qonuniy hal qilingan, yechimidan qoniqqan shaxslar mamnuniyat bilan o‘z minnatdorligini bildirishdi.