Toshkent shahar IIBB yosh xodimlari “Zakovat”da bahslashdi
Poytaxt ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini, intellektual salohiyatini oshirish, o‘z iqtidorini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar IIBB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda tuman IIOFMBlari xodimlaridan iborat 22 ta jamoa ishtirok etdi.
Qizg‘in bahs va munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan intellektual o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra, Bosh bshqarma xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi jamoasi g‘olib deb topildi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Yunusobod tumani bo‘yicha IIOFMB va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqamasi xodimlaridan iborat jamoalar qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.