15 Avgust 2023 Yil 1256

Mobil telefon xarid qilishni va'da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi

Ishonchni suiiste'mol qilish, firibgarlikning keng tarqalgan usuli. Uning ajralib turadigan xususiyati shundaki, jabrlanuvchi, tovlamachining yolg‘on gaplari yoki unga ishonch bildirib o‘z ixtiyori bilan pul mablag‘larini berib yuboradi.

Yakkasaroy tumani IIO FMBga 39 yoshli Nasiba X. Va 17 yoshli Asadbek O. murojaat qilib, 31 yoshli Bobur A. joriy yilning iyul' oyi o‘rtalarida, ularga 2 dona “iPhone 14 Pro Max” rusumli telefon apparati olib berishni va'da qilganligini bayon etgan. Biroq Bobur jabrlanuvchilarning ishonchini suiiste'mol qilgan holda ulardan jami 2 300 AQSh dollarini olib, va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, tovarlarni faqat ishonchli do‘konlardan xarid qilishni va faqat mahsulotni olganingizdan so‘ng pulini to‘lashni tavsiya qilamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech