14 Iyul 2024 Yil 1918

Mirzo Ulug‘bek tumani hududini obodonlashtirish ishlari haqida

Davlatimiz rahbarining «obod xonadon», «obod ko‘cha», «obod mahalla» mezonlari asosida joylardagi amaliy tashabbuslar bejiz emas. Agar xonadon, ko‘cha obod bo‘lsa, mahalla ham obod bo‘ladi.

Shu kunlarda Toshkent shahar IIBB boshchiligida shahar hokimligi va sektor rahbarlari bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalar, ko‘p qavatli uylar hududi, ijtimoiy soha obyektlarini obodonlashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumandagi 3-sektor hududida joylashgan 19 ta mahallagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari, IIB xodimlari va maxsus texnikalar jalb etildi. Maxsus texnikalar yordamida ariqlar tozalanib, aholi turar-joylari hududi maishiy chiqindi va quruq shox-shabbalardan tozalanib, daraxtlar obodonlashtirildi. Bolalar maydonchalari tartibga keltirildi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech