10 Fevral 2026 Yil 320

Mirzo Ulug‘bek tumanida sayyor qabullar

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Beshkapa” mahalla markazida tuman hokimi Baxodir G‘oibnazarov va tuman IIO FMB boshlig‘i Iskandarbek Rashidovning mahalla aholisi bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla ahlining mahalla taqdiriga daxldor masalalari, kommunal soha va ijtimoiy yordam yo‘nalishlaridagi murojaatlari tinglandi. Fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish, ularning haq-huquqlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, murojaatlarning ijrosi nazoratiga olindi. “Shahrisabz” mahalla faollari, “yettiligi” ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda esa mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, maishiy va kommunal muammolarni hal etish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, mahalla nozirlariga yaratilgan sharoitlar, ularning ish tartibi masalalariga e’tibor qaratilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Tumanda joylashgan “Alisherobod” mahallasida o‘tkazilgan shu kabi tadbir sayyor qabulga ulanib ketdi hamda fuqaroning murojaatlari tinglandi. Tumanning “Ahmad Yugnakiy”, “Yalong‘och” mahalla markazida o‘tkazilgan sayyor qabullarda ham fuqarolarning murojaatlari tinglandi.Murojaatlarga qonuniy yechim topish borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratiga olindi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida tumandagi bir qator mahallalarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari jarayoni tekshirildi. O‘rganishlarda qurilish tashkilotlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Piyodalar yo‘lagi, ko‘p qavatli uylar fasad qismi, yashil maydonlar, bolalar maydonchasi hamda qarovsiz holatga kelib qolgan hududlar bo‘yicha tanqidiy mulohazalar bildirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot va rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Tumanda joylashgan “Navro‘z” dehqon bozorida olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishish chog‘ida bozor hududidagi savdo rastalari, mahsulot narxlari hamda sanitariya-gigiyena holatiga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullar tomonidan bozor infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ko‘cha savdosi bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinib, noqonuniy savdo holatlarining oldini olish yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar yuklatildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishi va qat’iy nazorat ostida bo‘lishi ta’kidlandi. Mazkur o‘rganishlar aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, bozorlar faoliyatini tartibga solish hamda qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirishga xizmat qiladi. Tumanda joylashgan xususiy maktablar rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xususiy ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonining sifati, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Yuqori sinf o‘quvchilarining davomadi, xulqi va ta’lim sifatini kuchaytirish masalalariga urg‘u berildi. Shu bilan birga maktablarda videokuzatuv kameralarining o‘rnatilgani, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar muhokama etildi. Uchrashuv yakunida ta’lim muassasalarida xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash, o‘quvchilar bilan individual ishlash hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech