29 Iyul 2025 Yil 407

Mirzo Ulug‘bek tumanida giyohvandlik moddalari aniqlandi

Poytaxtimizda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tumanning “Oqqo‘rg‘on” mahallasidagi xonadonlarning birida o‘tkazilgan tadbirda 1968 yilda tug‘ilgan uy egasi R.Valijon hamda uning tanishi 1967 yilda tug‘ilgan K.Aleksandrga tegishli bo‘lgan 8 tup yashil rangli, o‘tkir hidli, alohida tuvaklarga ekilgan o‘simliklar, qadoqlanib 3 dona oq qog‘ozlarga o‘ralgan, turli plastik idishlarda saqlanayotgan yashil rangli, o‘tkir hidli o‘tsimon – jami 4 kilogramm 450 gramm moddalar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi. Olingan moddalar bo‘yicha kimyoviy ekspertiza tayinlanib, Toshkent shahar IIBB EKMga yuborildi.

Barcha hujjatlar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etildi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Hurmatli fuqarolar, Agarda siz ham giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog‘liq biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol IIV ning ishonch telefoni: 71-231-55-54, 71-231-55-00, 77-353-55-00, 77-454-55-00 raqamlariga yoki @stopnarko_bot telegram boti murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasidagi keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech