30 Noyabr 2024 Yil 1413

Mirzo Ulug‘bek tumanida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Sardor Mirzaraimov Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida sektor rahbarlari, tumanda joylashgan 37 ta maktab direktorlari, 70 ta mahallaning raislari, yoshlar yetakchilari, Milliy gvardiya inspektor psixologlari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Tadbirda tumandagi yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar va salbiy holatlar haqida so‘z yuritildi, shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijalari muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etildi va kelgusida ushbu holatlarning oldini olish uchun takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqildi.


Tadbirda yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi misollar keltirilib, ularning huquqiy oqibatlari tahlil qilindi. Asosiy muhokama mavzularidan biri yoshlarni kelgusida jamiyatga foydali va yetuk shaxslar sifatida shakllantirish, ularni sog‘lom axloqiy asoslarda tarbiyalash va jamiyatga masʼuliyat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.


Shuningdek, pedagoglarga tarbiyasi og‘ir, o‘zlashtirish darajasi past va sababsiz dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydigan o‘quvchilar bilan alohida tartibda shug‘ullanish vazifasi yuklatildi.Mirzo Ulug‘bek tumanida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi


Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Sardor Mirzaraimov Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida sektor rahbarlari, tumanda joylashgan 37 ta maktab direktorlari, 70 ta mahallaning raislari, yoshlar yetakchilari, Milliy gvardiya inspektor psixologlari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Tadbirda tumandagi yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar va salbiy holatlar haqida so‘z yuritildi, shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijalari muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etildi va kelgusida ushbu holatlarning oldini olish uchun takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqildi.


Tadbirda yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi misollar keltirilib, ularning huquqiy oqibatlari tahlil qilindi. Asosiy muhokama mavzularidan biri yoshlarni kelgusida jamiyatga foydali va yetuk shaxslar sifatida shakllantirish, ularni sog‘lom axloqiy asoslarda tarbiyalash va jamiyatga masʼuliyat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.


Shuningdek, pedagoglarga tarbiyasi og‘ir, o‘zlashtirish darajasi past va sababsiz dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydigan o‘quvchilar bilan alohida tartibda shug‘ullanish vazifasi yuklatildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech