Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi
Joylarda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar yoshlarimiz muammolarini hal etishda kutilgan natijalarni bermoqda. Uchrashuvlar davomida yosh avlod vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutasaddi rahbarlarga murojaat qilishlari, o‘z g‘oyalari va muammolarini ularga etishlari mumkin. Buning natijasida sektor rahbarlari yoshlarning ehtiyoj va muammolarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Jumladan, yaqinda Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy bog‘da tuman IIO FMB boshlig‘i – 3-sektor rahbari Sardor Mirzaraimov navbatdagi yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazib, ularning muammo va murojaatlarini o‘rgandi.
Konstruktiv muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida yoshlar imtiyozli kredit va subsidiyalar olish, ishga joylashish, o‘qish kontarkti uchun to‘lovlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildi. Har bir murojaat nazoratga olinib, bir qator masalalar yuzasidan mutasaddi xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi
Xususan, “Olmachi” MFYda yashovchi 18 yoshli Axmed Guseynov ishga joylashish masalasida murojaat qildi. Mazkur murojaat beeʼtibor qolmadi va yigit usta-shogird anʼanasiga asosan uy taʼmirlash ustasiga shogirdlikka berildi.
Bu kabi uchrashuvlar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham o‘tkazib kelinmoqda.