9 Fevral 2024 Yil 908

Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha dastlabki maʼlumot

Joriy yilning 08 fevral kuni taxminan soat 15:45 larda Mirobod tumani Nukus - Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahasida 1979 yilda tug‘ilgan V.K. boshqaruvida bo‘lgan KIA rusumli avtomashina;

1959 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina;

2003 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvida bo‘lgan ZEEKR rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida KIA, Matiz, haydovchilari va ZEEKR rusumli avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi (2003 yilda tug‘ilgan M.B.) shifoxonaga olib borilgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech