Mirobod tumani IIO FMB probatsiya xizmati faoliyati to‘g‘risida
Mirobod tumanida IIO FMB probatsiya guruhi tashabbusi bilan hisobda turgan shaxslar uchun sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sudda insonparvarlik tamoyiliga tayanib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tash tartib-qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 3 nafar shaxs muddatidan ilgari o‘tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, sud raisi tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar borasida maʼruza qilinib, mahkumlarning fikr va mulohazalari tinglandi.