22 Avgust 2023 Yil 1215

Maxsus kurs ishtirokchilari Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga tashrif buyurdi

Kuni kecha Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bilim yurtga Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tashkil etilgan maxsus kurslar ishtirokchilari ham tashrif buyurdi.

Ta'lim muassasasi bo‘ylab uyushtirilgan sayohatda ular sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. O‘smirlar ta'lim muassasasining tarixi va bugungi kunidan hikoya qiluvchi muzeyning boy ekspozisiyasini ko‘zdan kechirdi. Bilim yurti vakillari tomonidan harbiy texnika va qurol-aslahalar hamda aloqa vositalari namunalari namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida “Xalq va armiya bir tanu bir jondir” shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mehnat faxriylari, iste'fodagi harbiylar uzoq yillik faoliyati davomida o‘zlarining hayotiy tajriba va ko‘nikmalarini yoshlarga so‘zlab berdilar. Bu kabi uchrashuvlar yoshlar ko‘nglida Vatanga sadoqat va muhabbatni shakllantirishga xizmat qiladi.


Barcha yangiliklar

Text to speech