12 Iyun 2023 Yil 631

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Ochiqlik – Korrupsiyaning oldini olishdagi muhim vosita” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimi, yuridik fanlari nomzodi Xasan Hayitov maʼruza qildi.

U o‘z maʼruzasida, bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud qonunchilik bazasi davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyilini taʼminlash, korrupsiyaning oldini olishga samarali xizmat qilayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida shaxsiy tarkibga Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani asosida tayyorlangan video lavhalar namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech