9 Yanvar 2023 Yil 721

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim  Yangi O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalish” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida, Prezidentimiz tomonidan 2023 yilga bunday nom berilishining tag zamirida O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirishdek ustuvor vazifa yotishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech