17 Fevral 2023 Yil 845

Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida maʼnaviyat oyligi doirasida tadbirlar davom etmoqda

Ichki xotirjamlikni shakllantirishda, o‘quvchilarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni aniqlab, to‘g‘ri baholay olish, ularni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda, jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirishda hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokida pedagoglarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Ular bolaning emotsional intellektining rivojlanishiga taʼsir qiluvchi ijobiy energiyani keltirib chiqaradi, bu esa kelajakda uning yetuk inson bo‘lib yetishib chiqishiga taʼsir qiladi. Pedagoglar oldiga Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tahsil olayotgan bolalarning maʼnaviyatini yuksaltirish masalasi qo‘yilgan. “Barkamol avlod” maktabi o‘qituvchilari tomonidan rassomchilikning mahorat sirlarini ochib beruvchi darslar o‘tkazib, shu maktab o‘quvchilarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yunusobod tumani madaniyat ishlari bo‘limi xodimlari tomonidan dutor, rubob, doira, fortepiano kabi cholg‘u asboblarini chalish bo‘yicha darslar o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech