20 Noyabr 2023 Yil 1755

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Bayroq – hurlik timsoli, ezgulik ramzi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili Maʼmura Zohidova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, Vatan bayrog‘i – muqaddas ekanligini, ajdodlar orzu-armoni aks etgan xalqimizning buguni, kelajakka bo‘lgan komil ishonchi jilolangan bu qutlug‘ ramzni asrashimizni, zero, chinakam vatanparvarlik shundan boshlanishini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech