Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Maʼnaviyatda diyonat va eʼtiqodning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Abror Murtazayev maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, yurtimizda maʼnaviyat, din, eʼtiqod tushunchalari mamlakatning shakllanishida bevosita ahamiyat kasb etishini, jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyatini mujassamlashtiruvchi, inson va jamiyat madaniyati negizi ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.