13 Mart 2023 Yil 623

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Korrupsiyaga qarshi kurashish - taraqqiyot kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakili, yuridik fanlar nomzodi Xasan Hayitov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, davlat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy omil sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy ish ekanligini, unda barcha manfaatdor vazirliklar, idora va tashkilotlar, shuningdek, mamlakatimiz fuqarolari ishtirok etishi kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech